Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kivu: "Inter" hali chempion bo‘lgani yo‘q"

Kivu: "Inter" hali chempion bo‘lgani yo‘q"

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyadagi chempionlik poygasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ko‘pchilikning fikricha, "skudetto" uchun kurash amalda o‘z yakuniga yetgan.

Shanba kuni "neradzurrilar" o‘z maydonida "Djenoa"ni mag‘lub etdi (2:0) va "Milan" bilan oradagi farqni 13 ochkoga yetkazdi.

"Biz har bir o‘yinga bir xil tayyorgarlik ko‘ramiz va raqibning maqomiga qaramaymiz — mavsum boshidan beri yondashuvimiz shunday. Chempionat yakunigacha hali 11 tur bor va 33 ochko o‘ynaladi, shuning uchun biz hali "skudetto"ni qo‘lga kiritganimiz yo‘q", — dedi Kivu Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

3 mart kuni "Inter" Italiya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvi doirasida o‘z maydonida "Komo" jamoasini qabul qiladi.

Kiritildi: 07:19, 01.03.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик