Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Yamal muxlislarga murojaat qildi

Yamal muxlislarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Ispaniya Kubogining birinchi yarim finalida "Barselona" "Atletiko"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Endi Xans-Diter Flik jamoasi oldida murakkab vazifa turibdi — o‘z maydonida vaziyatni o‘nglash lozim. "Ko‘k-anorranglilar" vingeri Lamin Yamal javob o‘yini oldidan muxlislarga yuzlandi.

"Hozir mavsumning eng jiddiy pallasi boshlanmoqda. La Liga, Ispaniya Kubogi va Chempionlar ligasining hal qiluvchi qismi keldi. Muxlislarimizdan seshanba kuni stadionga kelishlarini so‘ragan bo‘lardim — "Atletiko"ga qarshi javob bahsida mo‘’jiza sodir bo‘lishi mumkin", — dedi Yamal "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag‘lub etgan va Lamin Yamal ushbu o‘yinda xet-trik qayd etgan edi.

Kiritildi: 07:47, 01.03.2026.
O'qildi: 2138 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик