"Manchester Siti" sardori Bernardu Silva ketganidan keyin ham klubni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.
Portugaliyalik futbolchining "shaharliklar"dan ketishi yaqin orada sodir bo‘lishi mumkin - uning shartnomasi shu yozda tugaydi.
"Men Manchesterlik emasman, lekin hayotimning to‘qqiz yilini shu yerda o‘tkazganim uchun o‘zimni qisman mankunianlikdek his qilyapman.
Sizga ishontirib aytamanki, ketganimdan keyin ham klubni qo‘llab-quvvatlashda davom etaman. Men o‘zimni shunchaki o‘yinchi emas, balki muxlislardan biri sifatida his qilyapman.
Shuning uchun sardorlik bog‘ichi men uchun alohida sharafdir", — dedi Bernardu.













