Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Xetafe" ustozi Mbappening jarohati haqida: "Bunday futbolchilar o‘yinni jozibador qiladi"

"Xetafe" ustozi Mbappening jarohati haqida: "Bunday futbolchilar o‘yinni jozibador qiladi"

Baho:
+ | -

"Xetafe" ustozi Xose Bordalas Kilian Mbappening "Real Madrid" tarkibida yo‘qligidan xursand emasligini tan oldi.

Fransiyalik yulduz jarohati sababli La Liga doirasida yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

"Men doim eng yaxshi o‘yinchilar maydonga tushishi tarafdoriman. Men ushbu sport turini va o‘z ishimni yaxshi ko‘raman, shu sababdan buyuk futbolchilarning o‘yinini kuzatish menga zavq bag‘ishlaydi. Mbappe kabi saviyadagi futbolchining o‘yinda ishtirok eta olmasligi achinarli, zero uning borligi o‘yinni yanada jozibador qilgan bo‘lardi", — deya Bordalasning so‘zlarini keltiradi "Diario AS".

Bahs dushanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi, o‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 13:11, 01.03.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик