Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fransiyaning mashhur klubi prezidentsiz qoldi

Fransiyaning mashhur klubi prezidentsiz qoldi

Baho:
+ | -

Pablo Longoriya Fransiyaning "Marsel" klubi prezidentligi lavozimini tark etdi. U ushbu lavozimda besh yil davomida faoliyat yuritgan edi.

Longoriyaning vaqtinchalik vorisi etib Alban Jyuster tayinlandi. Jyuster bungacha sakkiz yil davomida "Marsel"da moliya va me’yoriy talablarga rioya qilish bo‘yicha bosh direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yaqinda "Marsel"ning amerikalik egasi Frenk Makkort klub rahbariyatida qayta tashkil etish ishlarini e’lon qilgandi. Bundan avvalroq sport direktori Mehdi Benatiya ham iste’foga chiqqan, biroq barcha sport faoliyatini nazorat qilish uchun iyun oyigacha o‘z vazifasini bajarib turishga rozi bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida "Marsel" bosh murabbiyni ham o‘zgartirgan edi. Italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbi o‘rniga Habib Bey tayinlangan.

Kiritildi: 15:02, 01.03.2026.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик