Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Enrike: "PSJ" penaltilardan yomon foydalanmoqda, bu normal holat emas"

Enrike: "PSJ" penaltilardan yomon foydalanmoqda, bu normal holat emas"

Baho:
+ | -

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1ning 24-turidan o‘rin olgan "Gavr"ga qarshi o‘yindan so‘ng penaltilar amalga oshirilishidagi past ko‘rsatkichlarga izoh berdi. Joriy mavsumda parijliklar barcha musobaqalarda 10 ta imkoniyatdan faqat 5 tasini golga aylantirishgan, oxirgi uchta urinish esa muvaffaqiyatsiz yakunlangan. "Gavr" bilan bahsda (1:0) hujumchi Dezire Due "nuqta"dan adashdi.

"Biz qiyin vaziyatdamiz. Bunday aniq vaziyatlarni qo‘ldan boy berayotganimiz normal holat emas. Tarkibimizda penalti tepishni biladigan futbolchilar ko‘p. O‘ylaymanki, biz hujumchilar o‘rtasidagi rotasiyani davom ettiramiz. Penaltilar seriyasida g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Bizda yaxshi darvozabonlar va kuchli hujumchilar bor. Ammo shu bilan birga, penaltilarni juda yomon amalga oshiryapmiz", — deya Luis Enrikening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Kiritildi: 15:37, 01.03.2026.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик