"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson ijara muddati tugagach klubga qaytishi va "ko‘klar"ning yangi murabbiyi bilan bo‘lajak hamkorlik haqida fikr bildirdi.
Jekson Liam Rosenyor qo‘l ostida ishlashga tayyor ekanligini ochiq bayon qildi. U klubning yangi loyihasi bir qismi bo‘lish istagini bildirdi va jamoadagi ijobiy o‘zgarishlarga umid qilmoqda.
24 yoshli senegallik forvard 2025/2026 yilgi mavsumni ijara asosida "Bavariya"da o‘tkazmoqda. U myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













