Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Gvardiola "kesatiq" orqali noroziligini bildirdi

Gvardiola "kesatiq" orqali noroziligini bildirdi

Baho:
+1 | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning o‘yinlar taqvimini tanqid qildi. 7 mart kuni "Manchester Siti" Angliya Kubogi doirasida "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushishi belgilangan. Oradan to‘rt kun o‘tib, "shaharliklar" Chempionlar ligasi 1/8 finalida Madridning "Real" klubi bilan o‘ynashi kerak.

"Bizda Angliya Kubogi doirasida "Nyukasl"ga qarshi safar o‘yini bor. Bizga uchrashuvni 18:00 emas, balki 23:00 da o‘tkazishga ruxsat berganingiz uchun katta rahmat, chunki endi Madridga yo‘l olishdan oldin tiklanish uchun yanada kamroq vaqtimiz bo‘ladi. Yana bir bor katta rahmat!" — dedi Gvardiola.

11 mart kuni "Manchester Siti" va "Real" Chempionlar ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvini o‘tkazishadi. Javob bahsi esa 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:51, 01.03.2026.
O'qildi: 1746 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик