Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Shou "MYU"da 27-bor jarohat oldi

Shou "MYU"da 27-bor jarohat oldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat oldi.

APLning 28-turidan o‘rin olgan bahsda 2:1 hisobida "qizil iblislar" g‘alaba qozondi.

22-daqiqada "Kristal Pelas" himoyachisi Daniel Munyos to‘p uchun kurashda Shouning to‘piq qismini bosib oldi. 24-daqiqada Lyuk zaxiraga olindi — uning o‘rniga "MYU" tarkibida Nussair Mazraui maydonga tushdi.

Bugungi o‘yindagi jarohat Shou uchun "MYU"dagi faoliyati davomidagi 27-si bo‘ldi. Shuningdek, 30 yoshli himoyachi ikki marta kasallik sababli safdan chiqqan, jumladan, 2022 yilda koronavirusni boshdan o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 22:16, 01.03.2026.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик