Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kerrik APL rekordini takrorladi: "MYU" ustozidan fenomenal natija

Kerrik APL rekordini takrorladi: "MYU" ustozidan fenomenal natija

Baho:
+ | -

Yanvar oyida Maykl Kerrik murabbiylik lavozimiga tayinlanganidan beri "Manchester Yunayted" Premyer-liga doirasidagi yettita o‘yinda oltita g‘alaba va bitta durang qayd etdi. 2021 yilda Kerrik boshqaruvida "qizil iblislar" Angliya chempionatida ikkita o‘yin o‘tkazib, to‘rt ochko jamg‘arishgan edi.

Shunday qilib, Kerrik Premyer-liga murabbiyi sifatida jami to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi va yig‘ish mumkin bo‘lgan 27 ochkodan 23 tasini qo‘lga kiritdi.

Opta statistika mutaxassislarining xabar berishicha, APLdagi dastlabki to‘qqizta o‘yinda 23 ochko to‘plash — bu murabbiylik rekordining takrorlanishidir. Angliya ligasidagi ilk to‘qqizta bahsida xuddi shuncha ochkoni Ange Postekoglu ham jamg‘argan edi. Hech kim bundan yaxshiroq yoki kamida shunday natija bilan start ololmagan.

Chorshanba kuni, 4 mart sanasida "Manchester Yunayted" safarda "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 23:09, 01.03.2026.
O'qildi: 1889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик