Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Liverpul» APL tarixida ikkinchi bo‘lib bu noyob natijani qayd etdi

«Liverpul» APL tarixida ikkinchi bo‘lib bu noyob natijani qayd etdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatida 28-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etayotgan «Liverpul» jamoasi «Vest Xem» ustidan 5:2 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat uchun poydevor birinchi bo‘limdayoq qo‘yildi — o‘shanda «Liverpul» raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritgan edi.

Eng qiziqarli jihati shundaki, ushbu uchta golning barchasi burchak to‘plari amalga oshirilgandan so‘ng raqib darvozasidan joy oldi. O‘yindan so‘ng sinchkov statistiklar ma’lum qilishicha, «Liverpul» Angliya Premyer-ligasi tarixida birinchi bo‘limning o‘zida burchak to‘plaridan uchta gol urgan atigi ikkinchi jamoaga aylandi.

Bunday natijani ilk bor 2016 yili «Manchester Yunayted» jamoasi qayd etgan edi. O‘shanda «qizil iblislar» «Lester»ga qarshi bahsda shunday muvaffaqiyatga erishgan. Taqdir hazili bilan o‘sha paytda aynan «Lester» mamlakat chempioni maqomida maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 05:57, 02.03.2026.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик