Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Burchak to‘plari — "Arsenal"ning asosiy quroli: Jamoa bir mavsumda ikkita rekordni qayd etdi

Burchak to‘plari — "Arsenal"ning asosiy quroli: Jamoa bir mavsumda ikkita rekordni qayd etdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 28-turi doirasida bo‘lib o‘tgan uy uchrashuvida "Arsenal" jamoasi "Chelsi" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda "kanonirlar" ikkita golni burchak to‘plaridan so‘ng kiritishdi.

"Opta" nashri xabariga ko‘ra, "Arsenal" 2025/26 yilgi mavsumda Premyer-liga doirasida to‘qqizinchi bor burchak to‘pidan so‘ng g‘alaba golini kiritdi. Endilikda bu bir jamoa uchun bir mavsumdagi mutlaq rekord hisoblanadi (avvalgi rekord 2012/13 yilgi mavsumda sakkizta gol bilan "Manchester Yunayted"ga tegishli edi).

Bundan tashqari, "Arsenal" APLda bir mavsum davomida burchak to‘plaridan urilgan gollar soni bo‘yicha ham rekordni takrorladi — 16 ta gol. Avvalroq bunday natijani 1992/93 yilgi mavsumda "Oldxem", 2016/17 yilgi mavsumda "Vest Bromvich" va 2023/24 yilgi mavsumda "Arsenal"ning o‘zi qayd etgan edi.

Kiritildi: 07:43, 02.03.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик