Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Arteta: "Raqib 10 kishi bo‘lib qolganida o‘yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak edi"

Arteta: "Raqib 10 kishi bo‘lib qolganida o‘yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak edi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasi (APL) doirasida "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.

Uchrashuv "kanonirlar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 70-daqiqasidan boshlab, Pedru Netu qizil kartochka olgach, "Chelsi" bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Ta’kidlash joizki, uchrashuvdagi barcha uchta gol burchak to‘plaridan so‘ng kiritildi.

"Gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimiz bizni xafa qildi, ammo ixtiyorimizda butun boshli ikkinchi bo‘lim bor edi. Raqib tarkibida 10 nafar futbolchi qolganida, biz to‘p nazoratini ancha yaxshiroq amalga oshirishimiz kerak edi.

Biz natijadan juda mamnunmiz, chunki oxirgi hafta davomida ikkita juda qiyin o‘yin o‘tkazganimizni bilardik. Jamoaning kayfiyati va oxirigacha kurashishga tayyorligidan ko‘nglim to‘ldi.

Mart oyida biz barcha musobaqalarda ishtirok etmoqdamiz va peshqadamlar qatoridamiz", — deya Artetaning so‘zlarini BBC nashri keltirmoqda.

Kiritildi: 07:48, 02.03.2026.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик