Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rosenyorning hafsalasi pir bo‘ldi

Rosenyorning hafsalasi pir bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenyor Angliya Premyer-ligasi (APL) doirasida safarda "Arsenal"dan qabul qilingan mag‘lubiyatga izoh berdi.

Uchrashuv "kanonirlar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 70-daqiqasidan boshlab, Pedru Netu qizil kartochka olgach, "Chelsi" bir kishi kam bo‘lib o‘yinni davom ettirdi. Ta’kidlash joizki, uchrashuvdagi barcha uchta gol burchak to‘plaridan so‘ng kiritildi.

"Men xafaman. Hafsalam pir bo‘ldi. Agar biz o‘yinimizga kirib borayotgan standart vaziyatlar bilan bog‘liq muammolarni va intizomdagi kamchiliklarni bartaraf etmasak, erishgan barcha yutuqlarimizga qaramay, ko‘zlangan natijaga erisha olmaymiz.

Bu biz hal qilishimiz kerak bo‘lgan masala. Diqqatni jamlash bilan bog‘liq muayyan muammolar bor va ularni yo‘qotishimiz zarur. Biz butun hafta davomida standart vaziyatlar ustida ishlagan edik, shu sababli murabbiy sifatida buni qabul qilish men uchun yanada qiyinroq", — deya Rosenyorning so‘zlarini BBC nashri keltirmoqda.

Kiritildi: 07:53, 02.03.2026.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик