Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Gvardiola: "Futbolchilardan beshta gol urishni so‘ragandim, lekin ular meni eshitishmadi"

Gvardiola: "Futbolchilardan beshta gol urishni so‘ragandim, lekin ular meni eshitishmadi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining "etarlicha ishonchli bo‘lmagan" g‘alabalari haqidagi savolga kinoya bilan javob qaytardi.

"Shaharliklar" "Arsenal"ni quvishda davom etmoqdalar, biroq oxirgi ikki o‘yinda g‘alaba osonlik bilan qo‘lga kiritilmadi: "Nyukasl" 2:1 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, "Lids" bilan bo‘lgan uchrashuv taqdirini bitta gol hal qildi.

"Men futbolchilardan ["Lids"ga qarshi o‘yinda] beshta gol urishni so‘ragandim, lekin ular meni eshitishmadi... Agar sizga bu juda oson bo‘lib tuyulsa, demak adashasiz. Biz yaxshi o‘ynadik va hamma narsani nazorat qildik", — deya Gvardiolaning so‘zlarini City Xtra nashri keltirmoqda.

"Manchester Siti" chorshanba kuni Premyer-liganing 29-turi doirasida o‘z maydonida "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 08:34, 02.03.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик