Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Gavi qachon qaydnomaga qaytishi aniq bo‘ldi

Gavi qachon qaydnomaga qaytishi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklanish jarayonini yakunlamoqda. 21 yoshli futbolchi o‘tgan yilning avgust oyidan beri maydonda ko‘rinish bermayotgan edi, biroq tez orada u yana "ko‘k-anorranglilar" tarkibiga qaytadi.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, bosh murabbiy Xans-Diter Flik yarim himoyachini La Liganing 7 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Atletik" Bilbaoga qarshi navbatdagi o‘yini qaydnomasiga kiritadi. Bunga qadar esa Kataloniya grandi Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi javob uchrashuvini (3 mart) o‘tkazishi kerak.

Ayni damda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Madridning "Real" klubini to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 10:13, 02.03.2026.
O'qildi: 726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик