Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Saliba: "To‘g‘ri yo‘nalishdagi yana bir qadam"

Saliba: "To‘g‘ri yo‘nalishdagi yana bir qadam"

Baho:
+ | -

"Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba London derbisi doirasida kechgan "Chelsi"ga qarshi bahsda (2:1) jamoasiga g‘alaba qozonishda yordam berdi.

Fransiyalik futbolchi uchrashuvning 21-daqiqasida hisobni ochdi. Tanaffusga oz vaqt qolganda mehmonlar avtogol evaziga muvozanatni tiklashdi, biroq ikkinchi bo‘limda Yurryen Timberning harakatlari bilan "kanonirlar" yana oldinga chiqib olishdi. Qolgan vaqt davomida tomoshabinlar boshqa gol ko‘rishmadi.

"To‘g‘ri yo‘nalishdagi yana bir qadam", — deb yozdi Saliba ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘z golini nishonlayotgan fotosuratini ilova qilgan holda.

Ayni damda "Arsenal" Premyer-liga turnir jadvalida "Manchester Siti"dan besh ochko oldinda bormoqda. Shu bilan birga, Mikel Arteta jamoasi 29 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, "shaharliklar" hisobida 28 ta o‘yin mavjud.

Kiritildi: 10:15, 02.03.2026.
O'qildi: 431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик