Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Arne Slotga shart qo‘yildi

Arne Slotga shart qo‘yildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsum yakuniga qadar o‘z lavozimini tark etishi ehtimoli past, biroq u oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishi shart bo‘ladi.

MatchDay Central nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «qizillar» rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisga tobora ko‘proq ishonch bildirmoqda va yaqin oylar ichida u bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Ammo klub mutasaddilari Premyer-liganing joriy mavsumi yakunida jamoadan kuchli to‘rtlikka kirishni talab qilmoqda. Shuningdek, mersisaydliklar xo‘jayinlari Premyer-ligada chempionlik uchun imkoniyatlar deyarli qolmagani sababli, jamoa Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashishini xohlamoqda.

Bundan oldinroq «Liverpul» Slotni Xabi Alonsoga almashtirishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis yanvar oyida Madridning «Real» klubidan bo‘shatilganidan so‘ng ishsiz qolgan edi.

Kiritildi: 12:02, 02.03.2026.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик