Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Rosenyor: «Biz xatolardan og‘riq orqali saboq olishimizga to‘g‘ri kelmoqda»

Rosenyor: «Biz xatolardan og‘riq orqali saboq olishimizga to‘g‘ri kelmoqda»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor o‘z shogirdlari nima sababdan ko‘p qizil kartochka olayotgani haqidagi savolga javob berishga harakat qildi. Joriy mavsumda London klubi a’zolari 7 marta maydonni vaqtidan oldin tark etishdi. Yettinchi chetlatish 1 mart kuni «Arsenal»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahsda yuz berdi.

«Buning sababini aytish qiyin. Bizga o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilganimiz uchun maosh to‘lashadi. Agar biz bu muammoni hal qilishga urinmayapmiz deb o‘ylasangiz, demak siz telbasiz. Biz buni to‘g‘irlashga harakat qilyapmiz. Ba’zan xatolardan og‘riq orqali saboq olishga to‘g‘ri keladi. Men buni «Lids» va «Byornli» bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotganimizda his qildim. O‘yindagi ijobiy jihatlarimiz haqida gapirishni istamayman, chunki ulardan hech qanday foyda ko‘rmadik. Bu juda alamli», — dedi Rosenyor «Sky Sports» nashriga bergan intervyusida.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Chelsi» 45 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:28, 02.03.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик