Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Roma» himoyachisi «Yuventus»ga gol urib, Vinisius uslubida raqs tushdi (foto)

«Roma» himoyachisi «Yuventus»ga gol urib, Vinisius uslubida raqs tushdi (foto)

Baho:
+ | -

«Roma»ning o‘ng qanot himoyachisi Uesli Fransa «Yuventus» darvozasiga urgan golini «Real Madrid» vingeri Vinisius Junior uslubida nishonladi.

22 yoshli braziliyalik futbolchi A Seriyaning 27-turidan o‘rin olgan bahsda (3:3) uchrashuvning 39-daqiqasida darvozaning uzoq yuqori burchagini aniq nishonga olib, hisobni ochdi. Goldan so‘ng Uesli «Stadio Olimpiko»dagi burchak bayroqchasi yoniga yugurib bordi va qo‘llarini yuqoriga ko‘targancha, bayroqcha ustunini ikki oyog‘i orasiga olib, raqs tushdi.

Uesli joriy mavsumda A Seriyaning 24 ta o‘yinida maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior Chempionlar ligasi doirasida «Benfika»ga qarshi kechgan birinchi o‘yinda (1:0) gol urgach, xuddi shunday burchak bayroqchasi oldida raqs tushib, keyin orqasidagi familiyasini ko‘rsatgan edi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng braziliyalik futbolchi va «burgutlar» hujumchisi Janluka Prestianni o‘rtasida nizo kelib chiqqan — Vinisiusning so‘zlariga ko‘ra, raqib uni «maymun» deb haqorat qilgan. Madridda bo‘lib o‘tgan javob bahsida (2:1) esa «qaymoqranglilar» yulduzi gol urgach, yana burchak bayroqchasi yonida raqs tushgan edi.

Kiritildi: 12:36, 02.03.2026.
O'qildi: 1266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик