Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

London klubi Italiya terma jamoasi yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

London klubi Italiya terma jamoasi yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi va Milanning «Inter» klubi himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda «Caught Offside» jurnalistlari.

Manbaning ta’kidlashicha, 26 yoshli futbolchini Londonning «Arsenal» klubi o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Milanliklar esa, o‘z navbatida, muzokaralarga tayyor ekanliklarini bildirishgan. «Neradzurrilar» Bastonining sotuvidan 90–100 million yevro atrofida daromad olishni ko‘zlashmoqda. Alessandroning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Himoyachi Milan grandi safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda Bastoni 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:18, 02.03.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик