Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

O‘zPFL qoshida Tartib-intizom qo‘mitasi tuzildi

O‘zPFL qoshida Tartib-intizom qo‘mitasi tuzildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Liga musobaqalari doirasida futbolchilar, rasmiy shaxslar hamda boshqa ishtirokchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar, shuningdek, musobaqalarni o‘tkazish tartibiga zid bo‘lgan xatti-harakatlar shu kunga qadar Assosiasiya huzuridagi Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

2025 yilning 20 oktyabr kuni professional futbol klublari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mazkur masala ko‘tarilgan bo‘lib, tegishli qo‘mitaning yig‘ilish muddatlari orasidagi farq va shundan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa ehtimoliy masalalar kun tartibiga kiritilgan. Uchrashuv yakunida Liga qoshida Tartib-intizom qo‘mitasini tashkil etish taklifi bir ovozdan ma’qullangan bo‘lib, 30 yanvar kuni Liga mazkur yo‘nalishda qanday ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan klublarga ma’lumot bergandi. 

O‘tgan vaqt ichida O‘FA Intizom kodeksidan kelib chiqib, O‘zPFL Tartib-intizom kodeksi ishlab chiqildi. Uning Liga musobaqalariga tegishli qismi tahrirlangan bo‘lsa-da, Liga Kodeksni takomillashtirishda O‘FA Intizom kodeksida belgilab qo‘yilgan qoidalar majmuidan chekinmaslikka hamda ularga zid bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritmaslikka e’tibor qaratdi. Boisi, O‘zPFL Tartib-intizom qo‘mitasi endilikda Liga bayrog‘i ostidagi musobaqalarni tartibga solishda birinchi instansiya bo‘lsa, klub uning qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, mavjud ishni ko‘rib chiqish uchun apellyasiya tartibida O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirish huquqini saqlab qoladi. Shuningdek, Assosiasiya Nizomida belgilangani bo‘yicha O‘FA Apellyasiya qo‘mitasi ham futbol klublari murojaat qilishi mumkin bo‘lgan instansiya ekanligi inobatga olinadi. 

Kodeksni ishlab chiqishda Liga o‘ziga qarashli bo‘lgan musobaqalar doirasidagi ehtimoliy holatlarga e’tibor qaratdi. Shuningdek, jarimalar miqdori optimallashtirildi, diskvalifikasiyalar masalasi konkretlashtirildi. Endilikda Qo‘mita har qanday intizomiy masalani operativ ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, musobaqalar intensivligiga mos keladi. Bunda bitta asosiy jihatga e’tibor qaratish lozim: Kodeksda nazarda tutilgan holatlarni ko‘rib chiqishda sub’ektni Musobaqadan chetlatish, ochkolardan mahrum qilish, uchrashuv natijasini bekor qilish, olti va undan ortiq o‘yin yoki ikki oydan uzoq muddatga chetlatish, uchrashuvni tomoshabinlarsiz o‘tkazish, shuningdek, boshqa turdagi og‘ir intizomiy choralarni qo‘llash zarurati vujudga kelsa, ish har qanday holatda ham O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi. Bungacha bo‘lgan masalalar esa Liga qoshidagi qo‘mita tomonidan tartibga solinadi. 

Qo‘mita tarkibi klublar bilan kelishuv asosida besh turli yo‘nalish mutaxassislarini qamrab oladi: sobiq futbolchi, murabbiy, bevosita hakamlik sohasida faoliyat yuritgan shaxs, Liganing Sport yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassisi, media sohasi vakili. 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:16, 02.03.2026.
O'qildi: 241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.