Madridning "Real" klubi markaziy yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga La Liga 26-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi qaydnomaga kiritilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli fransuz tish og‘rig‘i sabab bugun o‘ynamaydi.
Kamavinga joriy mavsumda jami 30 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma bergan.













