Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Rekordga yaqin qoldi: Messi jarima zarbalaridan gol urish bo‘yicha Pelega yetib oldi

Rekordga yaqin qoldi: Messi jarima zarbalaridan gol urish bo‘yicha Pelega yetib oldi

Baho:
+ | -

Argentinalik hujumchi Lionel Messi Shimoliy Amerika oliy futbol ligasi (MLS) muntazam chempionati doirasida “Orlando”ga qarshi kechgan safar o‘yinida dubl qayd etdi. Gollardan birini Messi jarima zarbasi orqali kiritdi. Shu tariqa Messining jarimadan kiritgan gollari soni 70 taga yetdi.

“Sporstar” jurnalining xabar berishicha, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u Braziliya terma jamoasi tarkibida uch karra Jahon chempioni bo‘lgan “futbol qiroli” Pele bilan tenglashib oldi. Hozirda har ikki hujumchi 2-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Bu borada Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi Juninyo Pernambukano peshqadamlik qilmoqda — uning hisobida jarima zarbalaridan urilgan 77 ta gol bor.

MLS’ning amaldagi chempioni hisoblangan “Inter Mayami” joriy mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Dastlabki o‘yinda jamoa safarda Son Hyon Min yetakchiligidagi “Los Anjeles”ga yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy bergan edi. “Orlando” esa mavsum startidan buyon ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi, bungacha klub o‘z maydonida “Nyu York Red Bullz”ga imkoniyatni boy bergan (1:2).

MLS 3-turi doirasida “Orlando” 7 mart kuni safarda “Nyu York Siti” bilan o‘ynaydi, “Inter Mayami” esa 8 mart kuni Vashington shahrida “Di-Si Yunayted” mehmoni bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu hisobida jarima zarbalaridan urilgan 64 ta gol bor va uning jarimadan kiritgan so‘nggi goli 2024 yil avgust oyida “An-Nassr”ning “Al-Fayha” ustidan qozongan g‘alabasiga (4:1) to‘g‘ri keladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:54, 02.03.2026.
O'qildi: 2646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик