Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Barselona» prezidentligiga nomzodlar to‘plagan imzolar soni ma’lum bo‘ldi

«Barselona» prezidentligiga nomzodlar to‘plagan imzolar soni ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidentligiga saylovlarda nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘plangan imzolar soni ma’lum bo‘ldi. Rasmiy ro‘yxatdan o‘tish uchun belgilangan chegara 2237 ta imzoni tashkil etadi.

Eng ko‘p imzoni klubning sobiq rahbari Joan Laporta taqdim etdi — 8171 ta. 2021 yildagi avvalgi saylovlarda u 10272 ta imzo to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi.

«Ko‘k-anorranglilar» sobiq murabbiyi Xavi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Viktor Font 5144 ta imzo to‘pladi. Uni shuningdek 9 ta imzo yiqqan Uilyam Meddok ham qo‘llab-quvvatladi.

«Barsa» tarbiyalanuvchisi Mark Siriya o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi 2840 ta imzoni taqdim etdi.

«Barselona» direktorlar kengashining sobiq a’zosi Xavi Vilajoana esa 1621 ta imzo to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, u rasman ro‘yxatga olingan nomzod bo‘la olmaydi.

Yana bir nomzod Daniel Xuan bor-yo‘g‘i 84 ta imzo taqdim etdi.

Kiritildi: 12:46, 03.03.2026.
O'qildi: 3264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик