Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Denni Uelbek «Brayton» bilan shartnomasini uzaytirdi

Denni Uelbek «Brayton» bilan shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Brayton» hujumchisi Denni Uelbek o‘z shartnomasidagi kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish bandini faollashtirdi. Endilikda shartnoma 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi, deb xabar bermoqda BBC.

35 yoshli ingliz futbolchisining amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirida nihoyasiga yetishi kerak edi.

Uelbek 2024 yilda «Brayton» bilan ikki yillik yangi shartnoma imzolagan edi, biroq o‘shanda mazkur band mavjudligi haqida xabar berilmagan. So‘nggi paytlarda futbolchining kelajagi atrofida ko‘plab noaniqliklar mavjud edi, ammo endi «Manchester Yunayted» va «Arsenal»ning sobiq hujumchisi «Brayton»da qoladigan bo‘ldi.

Uelbek 30 ta o‘yinda 11 ta gol urgan holda jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. U o‘zining so‘nggi golini APL doirasidagi «Nottingem Forest»ga qarshi bahsda (2:1) kiritdi. Bunday o‘yini tufayli u jahon chempionati oldidan Angliya terma jamoasiga qaytish uchun asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel noyabr oyidagi saralash o‘yinlari oldidan Uelbek nomzodini jiddiy ravishda ko‘rib chiqqanini tan olgan edi.

«Brayton» murabbiyi Fabian Xyurseler so‘nggi haftalarda Uelbekni jamoada saqlab qolish istagini bir necha bor ta’kidlagan edi. Futbolchi «Brayton» safiga 2020 yilning oktyabr oyida kelib qo‘shilgan va o‘shandan beri 191 ta uchrashuvda 48 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 13:03, 03.03.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик