Niderlandiyalik sobiq futbolchi Rud Gullit yaqinda Angliya Premyer-ligasining 28-turida (2:1) bo‘lib o‘tgan "Arsenal" va "Chelsi" o‘rtasidagi o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu dahshatli o‘yin edi. Ular doimo burchak to‘plarini darvozaga yo‘naltirishga harakat qilishdi. Bunday futbolni shunchaki tomosha qilib bo‘lmaydi.
Umid qilamanki, bu trendga aylanmaydi", dedi Gullit.













