Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"MYU" va Maynu kelisha olmayapti

"MYU" va Maynu kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Kobbi Maynuning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi hali ham noaniq bo‘lib qolmoqda.

Jurnalist Natan Salta bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar cho‘zilmoqda. Ruben Amorim ketganidan so‘ng, futbolchi asosiy tarkibga qayta boshladi va vaziyat bir oz yaxshilandi. Shunga qaramay, tomonlar hali ham maosh miqdori bo‘yicha bir qarorga kela olishmayapti.

Kobbi Maynu "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, unda muddatni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Joriy mavsumda 20 yoshli yarim himoyachi "qizil iblislar" safida barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Maynuning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:58, 03.03.2026.
O'qildi: 1743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик