Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Bernal «Atletiko» bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Bernal «Atletiko» bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Mark Bernalning dubli «Barselona»ga Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida Madridning «Atletiko» jamoasi ustidan g‘alaba keltirdi (3:0), biroq bu finalga chiqish uchun kifoya qilmadi.

Kataloniyaliklar to‘rtta to‘p farqini yo‘qqa chiqara olishmadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisob — 4:3 «matraschilar» foydasiga hal bo‘ldi.

«Ushbu uchrashuvdagi o‘yinimizdan juda mamnunman. Agar shu ruhda davom etsak, ko‘p narsaga erishamiz. Biz 0:4 hisobidan so‘ng vaziyatni o‘nglay olishimizga ishongandik, lekin, afsuski, bu amalga oshmadi. Final hushtagidan so‘ng butunlay holdan toygan edik, biroq bu emblema shunga loyiq. Ikkita gol urganimdan xursandman. Muxlislarga ajoyib qo‘llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildiraman», — deya «Managing Barca» Bernalning so‘zlarini keltirmoqda.

18 yoshli yarim himoyachi uchun ushbu dubl «Barselona» asosiy tarkibidagi faoliyatida birinchisi bo‘ldi.

Kiritildi: 11:45, 04.03.2026.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик