Kirish Ro'yxatdan o'tish

Slot «Vulverxempton»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z xatolarini tan oldi

Slot «Vulverxempton»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z xatolarini tan oldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsum davomida jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadlarni o‘zgartirishga majbur bo‘lganini tan oldi.

Seshanba kuni «qizillar» Premyer-ligada navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi — bu safar chempionatning asosiy autsayderi «Vulverxempton» ulardan ustun keldi. «Bo‘rilar» 94-daqiqada hal qiluvchi golni kiritib, 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«Mavsum davomida mening kutganlarim o‘zgardi. Men jamoamizdan ko‘prog‘ini kutgandim. Maqsadlarimiz ancha ambisiyali bo‘ladi deb o‘ylagandim. Bugun biz navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka uchradik va yana o‘z hayotimizni qiyinlashtirib yubordik. Vaholanki, mavsum yakuni allaqachon yaqinlashib qoldi», — dedi Slot matbuot anjumanida.

«Liverpul» APL turnir jadvalida 29 turdan so‘ng 48 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:23, 04.03.2026.
O'qildi: 960 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик