Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti Rodrigoning og‘ir jarohatiga munosabat bildirdi

Anchelotti Rodrigoning og‘ir jarohatiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigoning og‘ir jarohat olgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

25 yoshli futbolchi tizzasidagi xochsimon boylamlar uzilishi sababli safdan chiqdi. Braziliyalik futbolchi shu yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatigacha tiklanishga ulgurmaydi.

«Toki sen safga qaytguningcha, tiklanishning har bir bosqichida seni qo‘llab-quvvatlaymiz. Kuchli bo‘l, Rodrigo», — deb yozdi Anchelotti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Italiyalik mutaxassis o‘tgan yilning yozi boshida Braziliya milliy terma jamoasini boshqarishga kirishgan edi. Bungacha u to‘rt yil davomida «Real»da Rodrigo bilan birga ishlagan.

Kiritildi: 12:25, 04.03.2026.
O'qildi: 838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик