Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Milan derbisi oldidan: «Inter» g‘alabasi chempionlikni kafolatlaydimi?

Milan derbisi oldidan: «Inter» g‘alabasi chempionlikni kafolatlaydimi?

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Milanning ikki klubi o‘zaro to‘qnash keladi — «Inter» va «Milan» bahs olib boradi. So‘nggi vaqtlarda «nerradzurri»lar «Milan»ga qarshi unchalik muvaffaqiyatli o‘ynay olishmayapti, birinchi davrada ular kichik 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

Biroq aynan «Inter» hozirda Italiya chempionatida katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ushbu klubning sobiq futbolchisi Andrea Ranokkiya derbidagi g‘alaba klubga chempionlik unvonini kafolatlashiga shubha qilmayapti.

«Agar «Inter» ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonsa, Skudetto taqdirini hal bo‘lgan deb hisoblash mumkin. Agar «Milan» g‘alaba qozonsa ham, «Inter» katta farq bilan peshqadam bo‘lib qolaveradi, shuningdek, Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so‘ng ularda taqvim ancha yengillashgan», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltirmoqda fcinter1908.it.

Eslatib o‘tamiz, Seriya Aning amaldagi chempioni «Napoli» hisoblanadi.

Kiritildi: 12:34, 04.03.2026.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик