Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dele Alli "Tottenxem" bazasiga qaytdi

Dele Alli "Tottenxem" bazasiga qaytdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem"ning sobiq yarim himoyachisi Dele Alli bugun, 4 mart kuni "shporlar" bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi yangi jamoa qidirayotgan bir vaqtda London klubi bazasida formasini tiklamoqda. O‘yinchi o‘z futbolchilik faoliyatida yangi sahifa ochishni istaydi va "Tottenxem" unga klub maydonida mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat bergan.

Dele Allining faoliyatidagi so‘nggi klub "Komo" bo‘lgan edi. U Italiya jamoasini 2025 yilning sentyabr oyida erkin agent sifatida tark etgan. Yarim himoyachi "Tottenxem" sharafini 2015 yildan 2022 yilgacha himoya qilgan. Umumiy hisobda Alli London klubi safida barcha turnirlarda 269 ta o‘yin o‘tkazib, 67 ta gol urgan va 59 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 22:37, 04.03.2026.
O'qildi: 1036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик