Angliya chempionatining 29-turi doirasida kechgan bahsda «Chelsi» «Aston Villa»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin Birmingemdagi «Villa Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 2-daqiqasidayoq mezbonlar yarim himoyachisi Duglas Luis hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida esa Joao Pedro dubl qayd etib, «ko‘klar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan so‘ng braziliyalik hujumchi Koul Palmerga golli uzatma yetkazib berdi, keyinchalik esa o‘zining uchinchi to‘pini kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Chelsi» 48 ochko jamg‘ardi va APL turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. «Aston Villa» esa 51 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.
Angliya Premyer-ligasi. 29-tur
05.03.2026 | 00:30
«Villa Park», Birmingem
«ASTON VILLA» — «CHELSI» — 1:4
Gollar: Duglas Luis 2’ (1:0), Joao Pedro 35’ (1:1), Joao Pedro 45+6’ (1:2), Koul Palmer 55’ (1:3), Joao Pedro 64’ (1:4).
«Aston Villa»: Martines, Konsa, Mings, Matsen, Kesh (Bogard, 46), Duglas Luis (Barkli, 63), Onana, Rodjers, Buendiya (Sancho, 63), Beyli (Alisson, 63), Uotkins (Abraxam, 72).
«Chelsi»: Yergensen, Chaloba, Fofana (Kukurelya, 79), Xato, Gyusto (Lavia, 75), Djeyms, Kaysedo, Fernandes (Adarabioyo, 79), Garnacho, Palmer (Santos, 85), Joao Pedro (Delap, 85).
Ogohlantirishlar: Kesh (32), Joao Pedro (54), Rodjers (58), Fernandes (58), Uotkins (68).













