Ispaniya Kubogi 1/2 finalining javob uchrashuvida «Real Sosyedad» «Atletik» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin San-Sebastyandagi «Reale Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 87-daqiqasida hujumchi Mikel Oyyarsabal penaltini aniq amalga oshirib, yagona gol muallifiga aylandi.
Dastlabki o‘yinda ham «Real Sosyedad» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra san-sebastyanliklar finalga yo‘l olishdi. Hal qiluvchi bahsda ular «Barselona»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Atletiko» bilan to‘qnash kelishadi.
Ispaniya Kubogi. 1/2 final
05.03.2026 | 01:00
«Anoeta», San-Sebastyan
«REAL SOSYEDAD» — «ATLETIK» — 1:0
Gol: Mikel Oyyarsabal 87’-penalti (1:0).
«Real Sosyedad»: Marrero, Subeldiya, Xon Martin, Gomes, Aramburu, Gorrotchategi, Turryentes (Errera, 59), Soler (Oskarsson, 83), Barrenechea (Marin, 59), Gonsalu Gedesh (Ayen Munyos, 90+3), Oyyarsabal (Suchich, 90+4).
«Atletik»: Padilya, Paredes (Areso, 67), Lyaport, Berchiche, Vivian, Xauregisar (Vesga, 82), Rego (Ruis de Galarreta, 56), Sanset (Navarro, 67), Berenger, Inyaki Uilyams, Guruseta (Serrano, 82).
Ogohlantirishlar: Paredes (23), Xauregisar (56), Guruseta (70), Ruis de Galarreta (81), Errera (90), Ayen Munyos (90), Berchiche (90).













