"Real" vingeri Rodrigo olgan jarohatidan so‘ng klubni tark etish fikridan qaytdi.
Braziliyalik futbolchi tizzasining oldingi xochsimon bog‘lamlari va lateral meniski yirtilishi sababli 10 oyga safdan chiqdi. Xabarlarga ko‘ra, Rodrigo 2023 yildan beri o‘ng tizzasidagi xochsimon bog‘lamlarning qisman yirtilishi bilan o‘ynab kelgan.
ESPN Brasil ma’lumotlariga ko‘ra, Rodrigo 2026 yil yozida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidan so‘ng "Real"ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan edi. Biroq endi vinger jarohatdan tiklanganidan keyin faoliyatini Madrid klubida davom ettirish niyatida.
Shuningdek, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jarohat haqida eshitishi bilan Rodrigoga qo‘ng‘iroq qilgani va futbolchi tiklanganidan so‘ng unga ishonishini bildirgani xabar qilinmoqda.













