Kirish Ro'yxatdan o'tish

Glasner «Tottenxem» ustidan g‘alaba qozonish yo‘lini biladimi?

Glasner «Tottenxem» ustidan g‘alaba qozonish yo‘lini biladimi?

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Tottenxem»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Yakshanba kuni «Old Trafford»da uchralgan mag‘lubiyatni yodga olar ekan, Glasner shunday dedi:

«Biz o‘sha o‘yindan ko‘plab ijobiy jihatlarni oldik. Ammo, boshqa tomondan, nimalarni yaxshilashimiz mumkin va kerakligini ham ko‘rib oldik.

Menimcha, biz o‘yinni ajoyib boshlagan edik: to‘p nazorati, tezkor uzatmalar, vaziyatlar yaratish va raqib maydonida o‘ynash. «Tottenxem» stadionida ham bizga aynan shu narsa kerak bo‘ladi».

Shuningdek, Glasner «shporlar»ning 10 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasidan hayratda ekanini yashirmadi.

«Menimcha, bu juda g‘alati, chunki ular Chempionlar ligasining kuchli sakkiztaligida edilar», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

«Bilaman, ularda jarohatlar ko‘p bo‘ldi. Yangi murabbiy keldi (Igor Tudor), «Arsenal»ga qarshi 3-5-2, «Fulxem»ga qarshi 4-4-2 sxemasida o‘ynashdi. Ularning yondashuvi va qanday o‘ynashini aniq bilmayman, lekin jamoa katta bosim ostida ekani aniq».

Ayni damda «Kristal Pelas» 35 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda, «Tottenxem» esa ulardan ikki pog‘ona pastda — 29 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:05, 05.03.2026.
O'qildi: 400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик