Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" prezidentligi uchun ikki nomzod qoldi

"Barselona" prezidentligi uchun ikki nomzod qoldi

Baho:
+ | -

Joan Laporta va Viktor Font «Barselona» prezidentligi lavozimiga nomzod sifatida rasman ro‘yxatga olindi.

Bugun saylov komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda potensial nomzodlar tomonidan to‘plangan imzolarni tekshirish natijalari ma’lum qilindi. Tekshiruv xulosalariga ko‘ra:

  • Joan Laporta: O‘z qo‘llovi uchun 8170 ta imzo taqdim etgan edi, komissiya ularning 7226 tasini haqiqiy deb topdi.

  • Viktor Font: Taqdim etilgan 5144 ta imzodan 4440 tasi ma’qullandi.

«Barsa» tarbiyalanuvchisi Mark Siriya esa 2845 ta imzo taqdim etgan bo‘lsa-da, ulardan faqat 2247 tasi tasdiqlandi. Prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun kamida 2337 ta tasdiqlangan imzo kerak edi. Shu tariqa, Siriya saylovlarda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

«Barselona» prezidentligi uchun saylovlar 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:21, 05.03.2026.
O'qildi: 2168 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик