Kirish Ro'yxatdan o'tish

«O‘yinchilar murabbiy nima xohlayotganini tushunmayapti»: Myurrey «Tottenxem» muammosini tahlil qildi

«O‘yinchilar murabbiy nima xohlayotganini tushunmayapti»: Myurrey «Tottenxem» muammosini tahlil qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi joriy mavsumda o‘ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda — APLning 29-turida jamoa o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

London klubining muammolari haqida «Kristal Pelas»ning sobiq futbolchisi Glenn Myurrey o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U murabbiy iste’fosi haqidagi gap-so‘zlarni o‘rinli deb hisoblamaydi.

«Menimcha, futbolchilar murabbiylar ulardan nima xohlayotganini tushunishmayapti. Shu bilan birga, Tudordan uchta o‘yinda nima kutishganini ham unchalik tushunmayapman. Hozir, atigi uchta o‘yindan so‘ng iste’fo haqida gapirish be’manilik, hatto kulgilidir. Bu uning tayinlanishining o‘zi xato bo‘lganini tan olish bilan barobar bo‘lardi», — deya sobiq futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «BBC Sport».

Kiritildi: 05:36, 06.03.2026.
O'qildi: 542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик