Kirish Ro'yxatdan o'tish

Adama Traorega trenajyor zaliga kirish taqiqlandi

Adama Traorega trenajyor zaliga kirish taqiqlandi

Baho:
+ | -

O‘tmishda hatto «Barselona» sharafini ham himoya qilgan ispaniyalik hujumchi Adama Traore o‘zining jismoniy holatini ko‘z-ko‘z qilishni yaxshi ko‘radi — u haqiqatdan ham ajoyib mushaklarga ega.

Futbolchining o‘zi bunday qomat unga «genetik meros» ekaniga ishontirsa-da, klubdagilar bunga unchalik ishonishmaydi. «Vest Xem» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu esa o‘yinchiga klubning trenajyor zaliga tashrif buyurishni taqiqlab qo‘ydi. Bunga futbolchining mashg‘ulotlar davomida jarohat olib, safdan chiqishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Murabbiy bunday qarorga Traore jamoadoshi, niderlandiyalik Krisensio Sammervillga trenajyor zalida hazilomuz «chaqiruv» (challenge) tashlab, uni videoga olganidan so‘ng kelgan. Ushbu video Eshpiritu Santuning e’tiboriga tushgach, u futbolchi uchun yangi qoida joriy etishga qaror qildi.

Kiritildi: 05:42, 06.03.2026.
O'qildi: 5231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик