Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Selta» Madonnadan 35 yil oldingi tarixiy libosni qaytarishni so‘radi

«Selta» Madonnadan 35 yil oldingi tarixiy libosni qaytarishni so‘radi

Baho:
+ | -

1990 yilning iyul oyida mashhur amerikalik xonanda Madonna Vigo shahridagi «Balaidos» stadionida konsert bergan edi.

O‘shanda klub futbolchilaridan birining xayoliga xonandaga jamoa libosini kiyishni taklif qilish fikri keladi. Madonna bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, 1988 yildan 1991 yilgacha klub sharafini himoya qilgan himoyachi Xose Manuel Espinosaga tegishli bo‘lgan 5-raqamli libosni bir muddat kiyib yuradi.

«Selta» rahbariyati allaqachon tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu libosni qaytarib, uni klub muzeyiga joylashtirish haqida o‘ylay boshlagan edi, biroq uni topishga qaratilgan barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Shu bois, bevosita Madonnaning o‘ziga murojaat qilishga qaror qilindi — «Selta» matbuot xizmati qo‘shiqchiga qidiruv ishlarida ko‘mak so‘rab xat yozdi.

Kiritildi: 05:55, 06.03.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик