Kirish Ro'yxatdan o'tish

Inyesta yangi ishga tayinlandi

Inyesta yangi ishga tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Andres Inyesta Marokash terma jamoasi sport direktori lavozimini egalladi. Mashhur ispaniyalikning tayinlangani haqida Marokash Qirollik futbol federasiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.

Yaqinda Marokash terma jamoasi "Barselona"ning yana bir afsonasi – Xavi Ernandesni bosh murabbiylik lavozimiga taklif qilish niyatida ekanligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Inyesta o‘zining futbolchilik faoliyatini 2024 yilda yakunlagan edi. Ketganidan so‘ng u murabbiy bo‘lish istagi borligini bir necha bor ta’kidlagan.

Mart oyi oxirida marokashliklar Ekvador va Paragvay terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Bo‘lajak jahon chempionatida "atlas sherlari" Braziliya, Shotlandiya va Gaiti jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan.

Kiritildi: 08:02, 06.03.2026.
O'qildi: 1983 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик