Kirish Ro'yxatdan o'tish

Laporta Levandovskining kelajagi borasidagi savolga javob berdi

Laporta Levandovskining kelajagi borasidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laporta hujumchi Robert Levandovskining klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Polyak futbolchisining amaldagi mehnat shartnomasi iyul oyi boshida o‘z nihoyasiga yetadi. Mish-mishlar 37 yoshli futbolchini allaqachon boshqa klublar bilan bog‘lamoqda, biroq u "ko‘k-anorranglilar" safidagi faoliyatini davom ettirishi ham mumkin.

"Levandovskining kelajagi? Men uning "Barselona"da qolishini istardim", — deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda Ispaniya ommaviy axborot vositalari.

Yulduzli hujumchi 2022 yildan buyon Kataloniya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda faxriy futbolchi Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 08:55, 06.03.2026.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик