Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ferdinand: «Tottenxem» pastga qarab qulamoqda, buni to‘xtatish esa juda qiyin»

Ferdinand: «Tottenxem» pastga qarab qulamoqda, buni to‘xtatish esa juda qiyin»

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning sobiq hujumchisi Les Ferdinand «shporlar»ning APL turnir jadvalida xavfli hududdan atigi bir ochko masofada turganligi haqida gapirdi.

«Agar [ilgari] ular jon saqlab qolish uchun kurashish haqida o‘ylamagan bo‘lishsa, endi bu achchiq haqiqat ekanligini bilishadi. «Tottenxem»dan doim umidlar katta bo‘lgan, ammo mening fikrimcha, ular bu umidlarni mutlaqo oqlay olishmadi. Ularga qarab turib o‘ylanib qolasan: keyingi o‘yinda natijaga qanday erishish mumkin?

Qachonki siz sirpanchiq yo‘lga tushib qolsangiz va pastga qarab ketayotgan bo‘lsangiz, to‘xtash juda qiyin bo‘ladi. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilsangiz ham, pastga sho‘ng‘ish davom etaveradi. Murabbiy [Tudor] o‘zining barcha uchta o‘yinida ham tarkibni o‘zgartirib, vaziyatni o‘nglay oladi deb hisoblagan futbolchilarni maydonga tushirdi. Ammo hozircha u to‘g‘ri formulani topa olgani yo‘q», – dedi Ferdinand.

Kiritildi: 11:29, 06.03.2026.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик