Kirish Ro'yxatdan o'tish

Figu Mbappeni ogohlantirdi

Figu Mbappeni ogohlantirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Luish Figu Kilian Mbappening jarohati bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi va uni maydonga qaytishga shoshilmaslikka chaqirdi.

«Mbappening jarohati — ko‘p jihatdan futbolchining shaxsiy darajada nimani his qilayotganiga bog‘liq masala. U tavakkalga qo‘l ura oladimi yoki yo‘q, va bu tavakkal yanada jiddiyroq oqibatlarga olib kelmaydimi... Mening faoliyatimda ham maydonga qaytishni tezlashtirgan vaqtlarim bo‘lgan va bu doim ham yaxshilik bilan tugamagan. Lekin men buni maydonda bo‘lishni istaganim uchun qilganman... Keyinchalik bunday qurbonliklar o‘z so‘zini aytadi (sog‘liqqa ta’sir qiladi)», — deya Figuning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

Avvalroq OAVda Fransiya terma jamoasi va «Real» hujumchisining tiklanish jarayoni haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Manbalarga ko‘ra, futbolchining yaqinlari Madrid klubida ko‘rib chiqilayotgan ehtimoliy qaytish muddatlarini qo‘llab-quvvatlamagan.

Qayd etilishicha, o‘yinchining vakillari reabilitasiya jarayonini tezlashtirishga qarshi chiqishmoqda. Jahon chempionati boshlanishiga taxminan 100 kun qolgan bir vaqtda, futbolchi sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas va faqat to‘liq tiklanganidan keyingina bahslarga qaytishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 13:57, 06.03.2026.
O'qildi: 4962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик