Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ayollar Osiyo kubogi. O‘zbekiston ikkinchi turda Xitoyga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Ayollar Osiyo kubogi. O‘zbekiston ikkinchi turda Xitoyga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo Kubogida ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.

“B” guruhidan joy olgan Kotrina Kulbite boshqaruvidagi jamoa 2-turda Xitoyga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv xitoyliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Zi Qing Shao va Qing Tong Li (dubl) mualliflik qildi.

Guruhda, shuningdek, Shimoliy Koreya 5:0 hisobida Bangladesh terma jamoasini mag‘lub etdi. Shu tariqa, Shimoliy Korey ava Xitoy ayollar terma jamoalari muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 1/4 final uchun qo‘shimcha yo‘llanma taqdim etuvchi 3-o‘rin uchun 9 mart kuni Bangladeshga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.

Bosh murabbiy Kotrina Kulbite musobaqa uchun 26 nafar futbolchini jalb qilgan. Jamoaning to‘plar nisbati “–6”ni tashkil etmoqda. “A” guruhida 3-o‘rinni egallab turgan Filippinda esa bu ko‘rsatkich bir oz yaxshiroq — “–4”. Ushbu jamoa so‘nggi turda Eronga qarshi bahs olib boradi. “C” guruhida 2-tur uchrashuvlari ertaga, 7 mart kuni o‘tkaziladi.

2026 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi 12 ta terma jamoa 3 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishgan. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ikki nafar uchinchi o‘rin sohibi chorak finalga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, turnir 2027 yilda Braziliyada o‘tkaziladigan FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun Osiyo mintaqasidagi yakuniy saralash bosqichi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, bu Jahon chempionati saralashi Osiyo Kubogi bilan bog‘langan so‘nggi musobaqa bo‘ladi — 2031 yildan boshlab FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun alohida saralash turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tarixda ilk bor ushbu musobaqa 2028 yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo saralashining dastlabki bosqichi sifatida ham xizmat qiladi. Turnirning chorak finaliga chiqqan sakkiz jamoa 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari saralash turniriga yo‘llanma oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2029 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:18, 07.03.2026.
O'qildi: 323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.