Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Dibala operasiya qilindi: «Roma» yulduzi uchun mavsum deyarli yakunlandi

Dibala operasiya qilindi: «Roma» yulduzi uchun mavsum deyarli yakunlandi

Baho:
+ | -

«Roma» yarim himoyachisi va Argentina terma jamoasi a’zosi Paulo Dibala jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

Futbolchi tizzasidagi yallig‘lanish tufayli 25 yanvardan beri maydonga tushmayotgan edi. «Calciomercato» nashrining yozishicha, bir oydan ortiq davom etgan igna bilan davolash kabi konservativ muolajalar samara bermadi.

Kecha Paulo «Roma»ning umumiy mashg‘ulotlarida ishtirok etgandi, biroq taxminan o‘n daqiqadan so‘ng chap tizzasida yana og‘riq sezgan.

Bugun futbolchining tizzasida operasiya o‘tkazildi. Artroskopiya tekshiruvi tashqi meniskning yirtilganini ko‘rsatdi.

Endi o‘yinchi reabilitasiya jarayonini o‘tashi kerak. Taxminlarga ko‘ra, argentinalik uchun ushbu mavsum deyarli yakunlandi. Operasiyani o‘tkazgan professor Mariani Dibala kamida 45 kunni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 02:10, 07.03.2026.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик