Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Kompani Nikolas Jeksonni himoya qildi: «Odamlar doim aybdor qidiradi»

Kompani Nikolas Jeksonni himoya qildi: «Odamlar doim aybdor qidiradi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani hujumchi Nikolas Jekson haqidagi savolga javob berdi.

24 yoshli futbolchi Bundesliganing juma kungi Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasiga qarshi kechgan o‘yinida (4:1) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu hujumchining myunxenliklar safida noyabr oyidan beri urgan ilk goli bo‘ldi.

«U ajoyib o‘ynadi. Shunga amin bo‘ldimki, hatto «Bavariya»da hammasi yaxshi ketayotgan bo‘lsa ham, odamlar doim aybdor qidiradi. Odatda bir yoki ikki futbolchi buning qurboniga aylanadi. Nikolas hech qanday xato qilgani yo‘q: u juda yaxshi mashg‘ulot o‘tamoqda, Afrika Kubogida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda Serj Gnabri va Kingsli Koman shunday holatga tushgan edi, endi esa navbat Djeksonga kelibdi. Aslida kiyinish xonamizda muhit juda xotirjam. Jamoada Keyn, Luis Dias va Maykl Olise kabi futbolchilar borligida doimiy ravishda maydonga tushish qiyin, ammo bugun Niko yaxshi harakat qildi va u shu ruhda davom etadi deb umid qilaman», — deya Kompanining so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, Nikolas Djekson joriy mavsum yakuniga qadar «Chelsi»dan ijaraga olingan.

Kiritildi: 13:47, 07.03.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик