Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gravenberx: "Bu klubda yana ko‘p yillar qola olishimdan juda xursandman"

Gravenberx: "Bu klubda yana ko‘p yillar qola olishimdan juda xursandman"

Baho:
+ | -

Angliya Kubogi chorak finaliga chiqqanidan keyingi kun "Liverpul" yarim himoyachi Rayan Gravenberx bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

23 yoshli niderlandiyalik futbolchi uzoq muddatli shartnoma imzoladi va shunday dedi: "O‘zimni yaxshi his qilyapman, juda yaxshi. Bunday katta klub bilan shartnomamni uzaytirganimdan juda faxrlanaman.

Bu klubda yana ko‘p yillar qola olishimdan juda xursandman. Men darhol klub va menejerimizning ishonchini his qildim.

Shartnomamni uzaytirish qarori oson bo‘ldi. Oilam ham bu yerda xursand. Men bu yerda deyarli uch yildan beri o‘ynab kelaman, shuning uchun hamma narsani bilaman.

Bu yerda ekanligimdan xursandman", dedi Gravenberx klub matbuot xizmatiga.

Kiritildi: 20:38, 07.03.2026.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик