Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kazemiro bilan APLning boshqa bir grandi aloqa o‘rnatdi

Kazemiro bilan APLning boshqa bir grandi aloqa o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro Londonga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» 34 yoshli futbolchini mavsum yakunlanganidan so‘ng o‘z safiga qo‘shib olish uchun uning agenti bilan allaqachon bog‘langan. Kazemiro «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Artetaga juda yoqadi va u bunday tajribali yarim himoyachining kelishi klubga yirik sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, Kazemiro bilan «Milan» va «Yuventus» klublari ham aloqaga chiqqani aytilmoqda, biroq futbolchining o‘zi aynan «Arsenal»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xavbekning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi shu yozda nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 11:53, 08.03.2026.
O'qildi: 2986 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик